Ratings & Reviews performance provides an overview of what users think of your app. Here are the key metrics to help you identify how your app is rated by users and how successful is your review management strategy.
Uzum Bank: barcha keraklisi mavjud bo‘lgan onlayn bank. Bu yerda siz kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini tez va qulay amalga oshirishingiz, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni bajarishingiz, xalqaro pul o‘tkazmalarini yuborishingiz, muddatli to‘lov va mikroqarzlarni rasmiylashtirishingiz, shuningdek boshqa ko‘plab xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Uzum karta bor – pul bor. Uzum kartani ilovada 2 daqiqada oching: - Uzum kartadan oyiga 100 000 000 so‘mgacha har qanday kartaga bepul o‘tkazmalarni amalga oshiring - 30 kunga foizsiz mikroqarzlar rasmiylashtiring – bir-ikki klikda 25 000 000 so‘mgacha mablag‘ oling va qarzni Uzum kartangizga o‘tkazing. Puldan cheklovlarsiz foydalaning: xaridlar qiling, pul o‘tkazing yoki naqd pul ko‘rinishida yechib oling; - Ochish, xizmat ko‘rsatish vahisobni to‘ldirish – barchasi bepul. Barcha to‘lovlar bir joyda: Har qanday kartadan balansni to‘ldirish, mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, jarima va UJKX to‘lovlarini to‘lash juda oson; Bundan tashqari, xorijga tezkor pul o‘tkazmalari va hamkorlarimizda QR-kod orqali tovar va xizmatlar uchun qulay to‘lov qilish imkoniyati mavjud. Onlayn muddatli to‘lov Jarima va ustama komissiyalarsiz tasdiqlangan limit bilan onlayn muddatli to‘lov rasmiylashtiring. Hamkorlarimizdan xaridlarni nasiyaga amalga oshirish — qulay va hamyonbop! Mablag‘laringiz xavfsizligi kafolatlangan Bank kartalaringizni boshqaring va ularga onlayn buyurtma qiling. Xarajatlaringizni kuzatib borish oson: har bir to‘lov uchun kvitansiya jo‘natiladi. 20% gacha keshbek Uzum karta, HUMO va UzCard kartalaridan hamda bank hamkorlari xizmatlaridan foydalanganda o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun 20% gacha keshbek oling. Xalqaro onlayn pul o‘tkazmalari Western Union orqali dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari va hududlariga pul jo‘nating. Shuningdek , dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida VISA va MasterCard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazish xizmati ham mavjud. © 2019-2024, "Uzum Bank" AJ, O‘zR MB 88-sonli litsenziyasi asosida