Oxunjon Madaliyev qo'shiqlari
source

Oxunjon Madaliyev qo'shiqlari

(433)
Price
Free
Category
Music & Audio
Last update
Jul 22, 2021
Publisher
Loading...

Ratings & Reviews performance

Ratings & Reviews performance provides an overview of what users think of your app. Here are the key metrics to help you identify how your app is rated by users and how successful is your review management strategy.

Number of reviews,
total
433
Avg rating,
total
⭐4.8
Loading...

Description

2492 chars

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi. Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan. 1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan. Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan. 1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan. Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan. Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi. Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi. Ushbu ilovada Oxunjon Madaliyevning: Alam Aldab qo`ygin Axir men Bevafo dunyo Dilda so`zim qoldi Javohirim Ketgim Kelmayapti Ko`nglimda bir yor Ko`rmasam bo`lmas Nasibam Seni olib ketgani keldim Sevar eding Sevgi-sevgi Shaxzodangni kut Shoximardon Soch o`stirib Sog`inib Tog` lolasi Unutmoq osonmas Yig`ladim Yolg`onchi yor Yonimga kel nomli qo`shiqlari joy olgan.

Screenshots

https://play-lh.googleusercontent.com/UMHFgz_DsW13ihwjCauS_K-rY4sFMK_IIX2lsjGJqivgsBardnnHZpcIsWQM2w_0Te_J=w720-h310-rwhttps://play-lh.googleusercontent.com/Yd8Yu0ajDzJe5NLtDKBVUODUSVx9SCZIcqXAaH0nt2pawB_kpmINVNMdCLmdy3T5Pdo4=w720-h310-rwhttps://play-lh.googleusercontent.com/EpuCwymC0tHUSyUUmVtuaiNGbssnEIfJhruuac4cq-WFdrMrWNVDqRvUL03GDduCT2E=w720-h310-rwhttps://play-lh.googleusercontent.com/jaHdGkpiBqk-PdUhaljS9Cr0sH3jwFk_tddXl9Z-x1E9VBRbW1xSuOgPYfAepqltUg=w720-h310-rwhttps://play-lh.googleusercontent.com/CxZViUeEKgoQmsK4JFYLVfH7P2vDLHj199vnN6Kq2sFmL_J-pECXYbrg-qZP6PFbYNE=w720-h310-rw
Loading...
Loading...

Find growth insights on our blog

React to user feedback and market trends faster